
Bu haqda "Mundo Deportivo" ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, APL, Bundesliga, A Seriya va La Liga jamoalari 30 yoshli daniyalik futbolchini erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olmoqchi.
Amaldagi shartnoma taklifi Kristensenning kutilmalarini oqlamadi, bu uning klubdagi kelajagiga shubha qilishiga olib keldi.
Himoyachi "Barselona"da 2022 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda va uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. U 2025/26 yilgi mavsum 17 o'yinda 1 ta to'p kiritdi.
Transfermarkt uning transfer narxini 9 million evroga baholamoqda.