Feliks Magat: "Kamavinganing chetlatilishi xato edi, lekin "Bavariya" baribir "Real"dan ustunlik qildi"

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 12:16
  • 819
  • 30

Myunxenning "Bavariya" klubi sobiq bosh murabbiyi Feliks Magat Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Bavariya" - "Real Madrid" (4:3) uchrashuvidagi hakamlik va o'yin natijasi haqida to'xtalib o'tdi.

"Bu noto'g'ri qaror edi. Chetlatish - haddan tashqari qattiq jazo. Futbolchini maydondan chiqarib yuborish uchun birorta ham asosli sabab ko'rmayapman.

Biroq, ochig'ini aytadigan bo'lsak, bu qizil kartochka mazkur qarama-qarshilikda asosiy omil bo'lmadi. Biz 8 yoki 10 daqiqa haqida emas, ikkita o'yindan iborat 180 daqiqa haqida gapiryapmiz. "Bavariya" umumiy olib qaraganda raqibidan yaxshiroq o'ynadi va keyingi bosqichga chiqishga loyiq edi", - dedi Magat.

Eslatib o'tamiz, ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:4 hisobida g'alaba qozongan "Bavariya" yarim finalda PSJ jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар