
"Barselona" va "Real"ning shikoyatlari haqida
"Hamma joyda, har bir musobaqada muammolar bor. Bu bor gap. Biz bu masalani ["Barsa" prezidenti] Laporta bilan muhokama qilmadik".
La Liga hakamlari haqida
"Hakamlar o'zlarini takomillashtirishlari kerak, men buni doim aytaman. Biz ideal darajaga intilishimiz lozim. Men bu haqda Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) va referilarga muntazam ta'kidlab kelaman. Agar klublar va futbolchilar shikoyat qilishayotgan bo'lsa - bazan ular haq, bazan esa yo'q - demak, vaziyat yaxshilanishi kerak".
YCHL o'yinlaridan so'ng UEFAga qilinadigan shikoyatlar haqida
"Bundan biror foyda bo'ladimi? Menimcha yo'q. Lekin bu haqda gapirishni istamayman. La Ligada biz har seshanba kuni hakamlik tahlilini o'tkazamiz va bu klublarga oz bo'lsa-da taskin beradi.
Biz hakamlar ham xato qilishini tushunishimiz kerak. Asosiy maqsadimiz - xatolar sonini kamaytirish uchun doimiy rivojlanishda bo'lishdir", - dedi Tebas.
Eslatib o'tamiz, Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 final bahslaridan so'ng har ikki ispan grandi ham hakamlik va VAR tizimi ishidan qattiq norozilik bildirgan edi.