O'zbekistonlik hakamlar U-17 Osiyo kubogida ishlaydi

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 14:08
  • 271
  • 30

O'zbekistonlik hakamlar Osiyo futbolida yana bir bor o'z darajalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

OFK matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqinlashib kelayotgan U-17 Osiyo kubogi bahslariga hamyurtlarimiz tayinlangan.

Saudiya Arabistonidagi musobaqa (U-17 o'g'il bolalar)

2026-yil 5–22-may kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan U-17 Osiyo kubogida hakamlar brigadasi ishlashadi:

Bosh hakam: Akobir Shukurullaev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov va Islom Azimov

Xitoydagi musobaqa (U-17 qizlar)

Shuningdek, 1-17-may kunlari Xitoyda bo'lib o'tadigan U-17 qizlar terma jamoalari o'rtasidagi Osiyo kubogida hakamimiz Roziyabonu Yusupova bosh hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ўхшаш янгиликлар