
Madridliklar francuz hujumchisi ishtirok etgan oxirgi to'rtta o'yinda biror marta ham g'alaba qozona olishmadi.
"Bu faqat Mbappening aybi emas. Lekin uning kelishi "Real" kiyinish xonasini xudbinlikka to'ldirib yubordi. Bu - fiasko. Vaqt uning zarariga ishlayapti.
PSJ jamoa bo'lib o'ynashni boshlaganidan beri fenomenal o'yin ko'rsatmoqda. Ular xuddi bir qo'lning barmoqlaridek jipslashishdi", - dedi Peti.
Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 40 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Biroq uning shaxsiy ko'rsatkichlari jamoaning oxirgi vaqtlardagi natijalarini yaxshilash uchun kifoya qilmayapti.