
Klubda Xabi Alonso bilan bog'liq tavakkalchilik o'zini oqlamagani va Alvaro Arbeloaning tayinlanishi kutilgan natijani bermagani tan olindi.
"Marca" nashri xabariga ko'ra, Arbeloa o'z lavozimini saqlab qolishi uchun mavsum yakunida haqiqiy mo'jiza sodir bo'lishi kerak. Madridliklar allaqachon yozda amalga oshiriladigan jiddiy o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Qayta qurish jarayoni nafaqat tarkibni, balki murabbiylar shtabini ham qamrab olishi mumkin.
Klub rahbariyati bir nechta chiziqlardagi o'yin sifatidan norozi. Tarkib kuchaytirilganiga qaramay, himoya chizig'i ishonchli ko'rinmadi va jamoa hali ham Tibo Kurtuaning seyvlariga bog'lanib qolmoqda. Yarim himoyada esa madridliklar top-raqiblarga, jumladan "Bavariya"ga imkoniyatni boy berishdi. Joriy mavsumdagi yirik g'alabalar qatorida faqat "Manchester Siti" va "Barselona" ustidan qozonilgan muvaffaqiyatlarni ajratib ko'rsatish mumkin.
Arbeloaning o'zi klubning har qanday qarorini qabul qilishini va muammo tug'dirmasligini bildirgan. Biroq Ispaniyada uning jamoada qolish imkoniyatlari juda past baholanmoqda.
Hozirda Arbeloaning o'rniga asosiy nomzodlar sifatida Dide Desham va Yurgen Klopp tilga olinmoqda.