
"Mundo Deportivo" nashri bergan xabarga ko'ra, "matraschilar" o'z yulduzini qo'yib yubormoqchi emas.
"Atletiko"ning majoritar akciyadori hisoblangan "Apollo Global Management" kompaniyasi klubning tijoriy va sport strategiyasini aynan argentinalik hujumchi atrofida shakllantirmoqda. Xo'jayinlar "Atletiko"ning yanada kuchayishi va sovrinlar uchun kurashishini istashadi va bu loyihada Alvares markaziy figura sifatida ko'rilmoqda.
Shu sababli, Madrid klubi Xulianni hatto katta mablag' evaziga bo'lsa ham "Barselona"ga sotish rejasida yo'q.
Bundan xabar topgan "Barselona" sport direktori Deku allaqachon boshqa nomzodlarni qidirishni boshlagan. Agar Alvares transferi amalga oshmasa, kataloniyaliklar hujum chizig'ini kuchaytirish uchun muqobil variantlarga yuzlanishadi.
Eslatib o'tamiz, Xulian Alvares joriy mavsumda Madrid klubining hujumdagi eng xavfli quroliga aylanib ulgurgan. "Barselona" esa kelasi mavsum uchun yangi "to'purar" qidirishda davom etmoqda.