Sergey Tokov: "Oz-oz qo'shib borganimiz natijasida to'p darvozaga kirdi"

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 22:08
  • 249
  • 30

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Mashal" – "Xorazm" (0:1) uchrashuvidan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Sergey Tokov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Birinchi navbatda jamoamizni qo'llash uchun stadionga kelgan muxlislarga rahmat aytaman va g'alaba bilan tabriklayman. O'yin borasida keladigan bo'lsak, xarakter ko'rsatdik deb o'ylayman. Jamoamiz uchun uchrashuvlarni o'tkazish oson bo'lmayapti, chunki goh tabiiy, goh sun'iy maydonda o'ynayapmiz. Bu ham o'ziga yarasha muammo tug'diradi. Shunga qaramay yigitlarga rahmat, oxirigacha kurash olib bordik va yakunda g'alaba qozondik. Bahs og'ir kechdi, birinchi bo'limda o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik, ikkinchi taymda ham hujum qilishda davom etdik. Oz-oz qo'shib borganimiz natijasida to'p darvozaga kirdi. Hammaga rahmat.

Ўхшаш янгиликлар