
"Dyu Mustua - Iv Allenma" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvni Erik Vattelle boshqarib bordi. O'yinning 28-daqiqasida "Loryan" yarim himoyachisi Panos Kaceris hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa mezbonlar bosimni davom ettirishdi va 58-daqiqada hujumchi Bamba Deng oradagi farqni ikkitaga oshirib, yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Marsel" 52 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinda qolmoqda. "Loryan" esa ochkolari sonini 41 taga etkazib, 9-pog'onaga ko'tarilib oldi.