Iroq Yulduzlar ligasi. Marlen Chobanovning dubli "Erbil"ga g'alaba keltirdi

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 23:24
  • 257
  • 30

Iroq chempionatining 29-turi doirasida "Erbil" o'z maydonida "Al-Qosim" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda o'zbekistonlik Marlen Chobanov haqiqiy mahorat namoyish etib, jamoasining g'alabasini taminladi.

"Erbil" - "Al-Qosim" 2:0

Gollar: 1:0 - 42' Marlen Chobanov, 2:0 - 75' Marlen Chobanov.

2026 yil boshidan buyon "Erbil" sharafini himoya qilayotgan o'zbekistonlik himoyachi o'yinning 42-daqiqasida hisobni ochgan bo'lsa, 75-daqiqada dublini rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o'rnatdi.

Statistika

Ushbu muvaffaqiyatli o'yindan so'ng, Marlen Chobanovning Iroq chempionatidagi ko'rsatkichlari yanada yaxshilandi. U joriy mavsumda "Erbil" safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi (bugungi dublgacha uning hisobida 1 ta gol bor edi).

Ўхшаш янгиликлар