
- O'yin haqida fikringiz?
- Bahs asabiy o'tdi. Futbolchilarga bor kuch bilan harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. Qayerdadir omadimiz kelmadi va shunga yutqazdik. Oxirgi zarbani berishda oqsayapmiz, gol urganimizda balki g'alaba qozongan bo'larmidik. So'nggi daqiqalarda avtogol urib qo'ydik, avvalgi bitta uchrashuvda to'p futbolchimiz qo'liga tekkandi. Xullas jamoamizga nimadir bo'lyapti. Nimayam derdim, hayot davom etadi.
- Statistikaga ko'ra, "Mashal"ning oxirgi g'alabasi o'tgan yil "Nasaf" bilan bo'lgan ekan. Shundan beri 9ta mag'lubiyat va ikki durang. Bugungi bellashuvda Xumoyun Murtazoev yetishmadi deb hisoblaysizmi?
- Bugun maydonga tushgan hamma futbolchimiz yaxshi o'yin ko'rsatdi. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni o'z o'rnida yaxshi turdi. Kim gol ursa yutadigan o'yin bo'ldi, omad esa raqibga kulib boqdi.
- Bosh murabbiy Igor Surovning betob ekanligi va davolanayotgani aytildi. Oradan vaqt o'tsa hamki u kishi jamoani boshqarmayapti.
- To'g'risi, bu savolingizga javob bera olmayman.