"Paxtakor"ning "Dinamo" ustidan qo'lga kiritgan eng yirik g'alabasi qanday bo'lgandi?

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 17:40
  • 393
  • 30

Bugun Toshkentda muxlislarni zeriktirmaydigan ajoyib to'qnashuv bor.

Unda Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi "Paxtakor" Vadim Abramov ustozlik qilayotgan "Dinamo"ni mehmon qiladi. Jamralar bunga qadar poytaxtda 27 marotaba uchrashishgan bo'lib, to'liq ustunlik "sherlar" tomonida 24 g'alaba. Samarqandliklar 3 ta bahsda 3 ochko bilan ortga qaytgan, durangga imzo chekilmagan. "Paxtakor" raqibi ustidan tarixdagi eng yirik g'alabani 2015 yil qo'lga kiritgan. O'sha oqshomda mezbonlar javobsiz 6 ta to'p kiritgan.

Superliga-2015. 27-tur

"Paxtakor" - "Dinamo" 6:0

Gollar: Jaloliddin Masharipov 28, Kaxi Maharadze 29, Igor Sergeev 36, Kamoliddin Tojiev 41, Kaxi Maharadze 48, Bahodir Pardaev 73

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Kamoliddin Tojiev, Adnan Oraxovac, Davron Hoshimov, Sherzod Karimov, Kaxi Maharadze, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov, Igor Sergeev

Zaxira: Nikita Ribkin, Bahodir Pardaev, Akbar Ismatullaev, Abbos Otaxonov, Anvar Soliev, Murod Xolmuhammedov, Vladimir Kozak

"Dinamo": Andrey Melnichuk, Artyom Filiposyan, Akmal Bozorov, Avaz Agaliev, Ildar Mamatkazin, Hasan Asqarov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Farruh Shotursunov, Otabek Zokirov, Kamoliddin Murzoev

Zaxira: Muhiddin Xudoyorov, Firdavs Abdusalimov, Komil Sharofutdinov, Bunyod Isroilov, Feruz Boboqulov, Laziz Nuriddinov

Ma'lumot uchun, bugungi uchrashuv soat 20:15 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар