Ruslanbek Jiyanov terma jamoa chaqirilishga loyiqmi? Kapadze javob berdi

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 13:08
  • 293
  • 30

"Navbahor" bosh murabbiyi Timur Kapadze klub vingeri Ruslanbek Jiyanovning O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilmay qo'ygani haqida fikr bildirdi.

"Terma jamoada har doim tanlov katta. U kengaytirilgan ro'yxatdan bo'lgan. Murabbiylar shtabi oldida qiyin tanlov bor edi. Mavsum boshidagi o'yinlariga qarab, ikkilanishgandir. So'nggi o'yinlarda esa ancha yaxshi o'ynayapti. Endi navbatdagi yig'inga chaqirilishi mumkindir. Muhimi - futbolchilarimiz sog' bo'lishi. Terma jamoaga chaqirilish nasib narsa. Har bir davogar futbolchi chaqiruv olishga munosib. So'nggi uch o'yinda ancha o'zib kelib oldi. Dastlabki uch turdan so'ng unga savollarim ko'p edi. Ayniqsa, to'psiz jabhada. Hozir esa sport formasini tiklab oldi", dedi Kapadze.

TO'LIQ INTERVYU

Ўхшаш янгиликлар