"Men yonyapman!" - Arteta "Arsenal" bazasida gulxan yoqdi

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 13:24
  • 266
  • 30

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi kechadigan o'ta muhim o'yin oldidan o'z futbolchilarini ruhlantirishning navbatdagi qiziqarli usulini o'ylab topdi.

"Sporting"ga qarshi bahs oldidan Arteta jurnalistlarga mavsum yakunida sovrinsiz qolishdan qo'rqmasligini aytgan edi: "Hech qanday qo'rquv yo'q - faqat olov. Men yonyapman!"

BBC bergan xabarga ko'ra, murabbiy ushbu metaforani hayotga ko'chirishga qaror qilgan va "Arsenal" mashg'ulot bazasida haqiqiy gulxan yoqib, uning atrofida futbolchilar uchun ilhomlantiruvchi nutq so'zlagan.

Arteta uchun bunday psixologik usullar begona emas. Avvalroq u kiyinish xonasiga lampochka olib kirib, o'zaro hamjihatlikning muhimligini - elektr tokisiz lampochka ishlamasligini tushuntirib bergan edi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi markaziy uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. Agar "to'pchilar" Manchestyerda imkoniyatni boy berishsa, jamoalar yo'qotilgan ochkolar bo'yicha tenglashib olishadi. O'yin 19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар