Fakt. "Nasaf" 9 yildan beri "Neftchi"ni mehmonda yuta olmayapti

  • Mr.NoBoDy 18.04.2026 11:56
  • 447
  • 30

Bugun Superligada 8-turning markaziy qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi.

Unda chempionat yetakchisi "Neftchi" o'z maydonida "Nasaf" jamoasini qabul qiladi. Jamoalar shu kungacha Farg'onada 27 marotaba to'qnash kelgan. Bu bellashuvlarda katta ustunlik maydon egalarida bo'lib turibdi 13 g'alaba. 4 ta bahsda "ajdarlar"ning qo'li baland kelgan, 10 ta uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

Qarshi jamoasi oxirgi marotaba "Neftchi"ni safarda 2017 yilgi mavsumda taslim qilgan. Keyingi 6 ta o'yinda 4 mag'lubiyat, 2 durang qayd etilgan.

Superliga-2017. 24-tur

"Neftchi" - "Nasaf" 0:3

Gollar: Azizjon G'aniev 8, Bobur Abduxoliqov 42, Shahboz Erkinov 76

Ma'lumot uchun, bugungi jang 18:00 da "Istiqlol" stadionida start oladi.

Ўхшаш янгиликлар