Italiya termasi bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod paydo bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 17.04.2026 00:40
  • 443
  • 30

Massimiliano Allegri Italiya termasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

"Corriere dello Sport" ma'lumotiga ko'ra, Italiya futbol federatsiyasi uchun saylovdan keyin ayni damda "Milan"ni boshqarayotgan mutaxassis milliy jamoaga taklif qilinishi kutilmoqda.

Ayni damda Massimilianoga "Napoli"dan ham qiziqishlar bo'lmoqda. Agarda Antonio Konte Italiya termasi bosh murabbiyiga aylansa, klub prezidenti Aurelio De Laurentis uning joyiga tajribali mutaxassisni jalb qilish niyatida.

O'z navbatida "Milan" hozirda bosh murabbiylikka "Bolonya"ni boshqarayotgan Vinchenco Italyanoni "mo'ljallab turibdi".

Ўхшаш янгиликлар