
Ilk o'yinda Qatarning “Al Sadd” hamda Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoalari bahslashdi.
Uchrashuvda 3:1 hisobida oldinda borayotgan Roberto Manchini boshqaruvidagi qatarliklar bahs yakuniga qadar ikki gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan chiqarishdi.
Qo'shimcha bo'limlarda ham hisob o'zgarmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Yaponiya jamoasi 5:4 hisobida g'alabaga erishdi. “Lotereya”da “Al Sadd” futbolchisi Klaudinoning zarbasi noaniq ketdi.