"Real"ning Arbeloa bo'yicha rejalari ma'lum bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 23:24
  • 300
  • 30

"Real" Alvaro Arbeloa bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

RTVE ma'lumotiga ko'ra, "qaymoqranglilar" 43 yoshli murabbiyni nafaqat ushbu mavsum yakunigacha, balki, navbatdagi mavsum yakunigacha ham iste'foga chiqarmoqchi emas.

Arbeloa yanvar oyida jamoa boshqaruvini qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 13 g'alaba, 1 durang va 7 mag'lubiyat qayd etdi.

Ushbu haftada madridliklar "Bavariya"ga mag'lub bo'lib, YCHLdan chiqib kyetishdi.

Ўхшаш янгиликлар