
Bu haqda AS nashri yozmoqda.
Mavsum boshida 34 yoshli futbolchini doimiy tizza og'rig'i bezovta qilib keldi va birinchi operaciya muammoni hal qilmagach, u yana jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishga majbur bo'ldi.
Manbaning qayd etishicha, Karvaxal o'sha paytda muhim qaror qabul qildi. Noqulaylikni konservativ tarzda boshqarish o'rniga, u tezda safga qaytish va mavsumning eng muhim davrida jamoa natijalariga hissa qo'shish maqsadida operaciyani tanladi.
Himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 19 o'yinda qatnashdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.