
"Ugo seshanba kuni kechqurun PSJga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi. Afsuski, bu uning mavsumni yakunlashiga va Jahon chempionatida ishtirok etishiga to'sqinlik qiladi. Ugo so'nggi oylarda milliy terma jamoada debyut qilgan yosh futbolchilardan biri. U tarkibda o'rnini topib ketgandi, shuning uchun bu jarohat - jiddiy zarba.
Ekitike juda xafa, lekin men uning eng yaxshi darajasiga qaytishiga ishonaman. Uni qo'llab-quvvatlayman. U Fransiya terma jamoasiga astoydil muxlislik qilishini bilamiz va barchamiz uni yodimizdan chiqarmaymiz", – dedi Desham.

Ekitike Fransiya terma jamoasi safida 2025 yil 5 sentyabrda debyut qilgandi. U 8 ta xalqaro o'yinda 2 ta gol urgan.