Kutilmagan holat: Yaponiya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 21:56
  • 130
  • 30

JCH-2026 oldidan Yaponiya termasida bosh murabbiy o'zgardi.

Mamlakat futbol assotsiatsiyasi termaning sobiq futbolchisi Syunsuke Nakamuraning milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamlum qildi.

Buni mamlakatda kutilmagan holat sifatida qabul qilishdi.

Nakamura milliy termaning afsonaviy futbolchilaridan hisoblanadi. U terma tarkibida 98 o'yinda qatnashib, 24 gol urgan. 2022 yilda butsalarini mixga ilgan va 2023 yildan buyon "Yokogama"da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Ushbu mavsumda u mamlakatning U19 termasini boshqarib kelayotgandi.

Uning murabbiylar shtabiga Xajime Moriyasu ham kirgan. Shuningdek, Xiroshi Nanami, Toshixide Sayto, Ryoichi Maeda va Makoto Xasebe kabi sobiq futbolchilar ham bor.

Bunga qadar termani aynan Moriyasu boshqarib kelayotgandi.

Ўхшаш янгиликлар