
Londonliklar so'nggi 5 o'yinining 4tasida mag'lub bo'lishdi va ayni damda APL turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turishibdi.
"O'yinlar soni kamayar ekan, ularning muhimlilik darajasi oshadi. Vaqt tugab bormoqda, barcha imkoniyatdan foydalanish kerak. Shanba kungi o'yinda tashabbusni qo'lga olib, ochko olish shart. Buning aniq imkoniyati bor.
Agarda o'yinlarimizga qaraydigan bo'lsangiz, barchasi qaysidir vaziyatda e'tiborning yo'qotilishi bilan bog'langan. Bu esa o'yinning qolgan qismiga ham ta’sir o'tkazmoqda.
Bunday lahzalarni nazoratdan chiqarmaslik kerak", - dedi Rosenor "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan.
"Chelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 18 apreldan 19 aprelga o'tar kechasi soat 00:00da start oladi.