
24 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2031 yil yoziga qadar davom etadi. Tomonlar yanada uzoqroq shartnoma bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va bu o'zining yakuniy bosqichlariga kirgan.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, futbolchi yangi kelishuv bo'yicha shartlarni qabul qilgan. Fabricio Romanoning yozishicha, yangi shartnoma 2033 yilgacha mo'ljallangan.
Kaysedo 2023 yildan buyon londonliklar sharafini himoya qilmoqda. U ushbu mavsumda APLLning 27 o'yinida qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.