Rasman: Bernardu Silva "Manchester Siti"dan ketayotganini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 18:32
  • 320
  • 30

"Manchester Siti" yarim himoyachisi "shaharliklar" safida so'nggi mavsumini o'tkazayotganini tasdiqladi.

"Men bolalik orzulari bilan kelgandim. Bu shahar va bu klub menga umid qilganimdan ham ko'proq narsani berdi. Bir necha oydan so'ng nafaqat ko'p yutuqlarga erishgan, balki oilamni barpo etgan shahar bilan xayrlashish vaqti keladi", – dedi tajribali futbolchi.

Yarim himoyachi maktubda jamoa muxlislariga, klub rahbariyatiga, jamoadoshlariga va bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga alohida minnatdorlik bildirdi.

Bernardu 2017 yildan beri ingliz klubida o'ynab keladi. U 451 o'yinda maydonga tushib, 76 ta gol urgan va 77 ta golli uzatma bergan.

Ўхшаш янгиликлар