Manba: Gordonning "Bavariya"ga transferi 60 mln evroga tushadi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 17:48
  • 283
  • 30

"Bavariya" "Nyukasl" vingeri Entoni Gordonni sotib olmoqchi.

Bu haqda "Sky Sports" ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli ingliz futbolchisi "Bavariya"ning ustuvor maqsadi hisoblanadi. Kelishuv taxminan 60 mln evroga baholanishi mumkin.

Myunxen jamoasi va futbolchining vakillari o'rtasida jiddiy muzokaralar allaqachon bo'lib o'tgan. Gordon "Bavariya"ning Luis Dias bilan asosiy tarkib uchun raqobatlashadigan birinchi tanlovidir. Futbolchiga "Barselona" va "Arsenal" ham davogarlik qilmoqda. Shu bilan birga, "hakkalar" Angliya terma jamoasi futbolchisini saqlab qolishga qatiy qaror qilgan.

Gordon 2023 yilning yanvaridan beri "Nyukasl"da o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 1 iyulgacha amal qiladi. O'yinchi 2025/26 yilgi mavsum 46 o'yinda 17 ta to'p kiritdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 35 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар