
Madridning "Real" jamoasi Myunxenning "Bavariya" klubi mehmoni bo'ldi. Birinchi o'yinda nemislar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
Uchrashuv juda tezkor gol bilan boshlandi. 1-daqiqadayoq madridliklar yarim himoyachisi Arda Gyuler Manuel Noyerning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Biroq mezbonlar tezkorlik bilan javob qaytarishdi - 6-daqiqada Aleksandar Pavlovich muvozanatni tikladi.
29-daqiqada Arda Gyuler jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, "qirollik klubi"ni yana oldinga olib chiqdi. Ammo "Bavariya" taslim bo'lmadi: 38-daqiqada Garri Keyn hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, 42-daqiqada Kilian Mbappe "Real"ning uchinchi golini urdi va mehmonlar tanaffusga ustunlik bilan chiqib kyetishdi.
Ikkinchi bo'limning oxirgi daqiqalari esa haqiqiy drama aylandi. 86-daqiqada "qaymoqranglilar" vakili Eduardu Kamavinga maydondan chetlatildi. Son jihatdan ustunlikka ega bo'lgan "Bavariya" bosimni oshirdi va 89-daqiqada Luis Dias hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan 90+4-daqiqada esa Maykl Olise g'alaba golini kiritib, "Arena Myunxen"ni larzaga keltirdi - 4:3!
Shu tariqa, ikki o'yin natijasiga ko'ra (2:1, 4:3) Myunxenning "Bavariya" jamoasi yarim finalga yo'l oldi. Karlo Anchelotti shogirdlari uchun esa joriy mavsumdagi YCHL yurishi chorak finalda to'xtadi. "Bavariya" yarim finalda PSJ jamoasi bilan kuch sinashadi.
"Bavariya" - “Real Madrid” 4:3
Gollar: Pavlovich 6, Keyn 38, Dias 89, Olise 90+5 - Gyuler 1, Gyuler 29, Mbappe 42.
"Bavariya": 1. Noyer, 2. Upamekano, 4. Ta, 6. Kimmix, 7. Gnabri, 9. Keyn, 14. Luis Dias, 17. Olise, 27. Laymer, 44. Stanishich, 45. Pavlovich.
Zaxira: Urbig, Preskott, Minje, Gorecka, Musiala, Jekson, Devis, Ito, Gerreyru.
"Real Madrid": 13. Lunin, 12. Trent, 3. E. Militao, 22. Ryudiger, 23. F. Mendi, 21. Brahim, 5. Bellingem, 8. Valverde (S), 15. Arda Gyuler, 10. Mbappe, 7. Vini Jr.
Zaxira: Fran Gonsales, Xavi Navarro, Karvaxal, Alaba, Kamavinga, Gonsalo, A. Karreras, D. Sebalos, Fran Garsiya, Huysen, Mastantuono, Tiago.