Mbappe - rekordchi! Kilian YCHL tarixida bir mavsumda safarda 10 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi

  • Mr.NoBoDy 16.04.2026 01:40
  • 3609
  • 30

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida gol urish borasida yangi tarixiy natijani qayd etdi.

Myunxenda "Bavariya"ga qarshi kechayotgan bahsning 42-daqiqasida fransiyalik yulduz o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol Mbappe uchun joriy YCHL mavsumidagi safar o'yinlarida kiritilgan 10-to'p bo'ldi.

Bu musobaqa tarixidagi (Yevropa chempionlar kubogini ham hisobga olganda) mutlaq rekord hisoblanadi. Hali hech kim bir mavsum davomida raqib maydonlarida bunchalik ko'p gol urishni uddalamagan edi.

Hozirda Mbappening joriy mavsum YCHLdagi jami gollari soni 15 taga etdi. Turnir tarixida bir mavsumda faqatgina Krishtianu Ronaldu bundan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" va "Bavariya" o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda. Mbappe o'z rekordini yanada yangilash imkoniyatiga ega.

Ўхшаш янгиликлар