Tarixiy voqea: "Real Madrid" tarkibida ilk bor birorta ham ispan futbolchisi asosiy tarkibda maydonga tushmaydi

  • Mr.NoBoDy 15.04.2026 23:48
  • 2743
  • 30

"Real Madrid" jamoasi Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Myunxenning "Bavariya" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan javob uchrashuvi uchun asosiy tarkibni e'lon qildi.

E'tiborli jihati shundaki, musobaqa tarixida ilk bor madridliklarning asosiy tarkibida birorta ham ispan millatiga mansub futbolchi joy olmadi. Jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 2:1 hisobida myunxenliklar foydasiga yakunlangan edi.

"Real Madrid"ning asosiy tarkibi:

Darvozabon: Andrey Lunin (Ukraina);

Himoyachilar: Ferlan Mendi (Fransiya), Antonio Ryudiger (Germaniya), Eder Militao (Braziliya), Trent Aleksander-Arnold (Angliya);

Yarim himoyachilar: Arda Gyuler (Turkiya), Federiko Valverde (Urugvay), Djud Bellingem (Angliya);

Hujumchilar: Vinisius Junior (Braziliya), Kilian Mbappe (Fransiya), Braim Dias (Maroko*).

*Ma'lumot uchun, Braim Dias Ispaniyada tug'ilgan bo'lsa-da, xalqaro miqyosda Marokash milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ўхшаш янгиликлар