
Tabiiyki, bu O'zbekiston kvotalarini o'zgartiradi. Aniqlashimizcha Elit OCHLdagi bir dona o'rnimiz saqlangan holda yana bitta pley off uchun yo'llanma beriladi.
“Neftchi” O'zbekiston chempioni sifatida Elit OCHLda qatnashadi. Kubok sohibi “Paxtakor” pley-offda o'ynaydi. Agar jamoa pley-offdan o'ta olmasa OCHL 2 guruh o'yinlarida qatnashadi.
Hozirgi holatda “Nasaf” to'g'ridan-to'g'ri OCHL 2 yo'llanmasini qo'lga kirityapti.
Shu tariqa, qaror OFK Ijroiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlansa, shu yilgi mavsumning o'zida Superliganing 3 ta jamoasi OCHLda yurtimiz sharafini himoya qiladi.