Ronaldu kutilmagan bayonot bilan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 14.04.2026 07:56
  • 1477
  • 30

41 yoshli "Al Nassr" va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2030 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati haqida gapirdi.

Turnir o'tkaziladigan paytda futbolchiga 45 yosh bo'ladi.

"Men hali 2030 yilgi jahon chempionatida o'ynash imkoniyatidan voz kechganim yo'q. Men 41 yoshimda har hafta gol uryapman, balki yana to'rt yil o'ynay olarman", - dedi Ronaldu.

2030 yilgi jahon chempionati olti davlat hududida o'tkaziladi: Urugvay, Argentina va Paragvay turnirning ochilish o'yinlaridan bittadan o'tkazadi, asosiy qismi esa Ispaniya, Portugaliya va Marokashda bo'ladi.

Ўхшаш янгиликлар