JCH-2026da ishlaydigan hakamlar ro‘yxati e’lon qilindi

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 16:33
  • 390
  • 30

FIFA JCH-2026da faoliyat yuritadigan hakamlar ismini e’lon qildi.

AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan turnirda 52 nafar bosh hakam, 88 nafar assistent va 30 nafar videoyordamchi (VAR) ishlaydi. Ular oltita konfederasiya va 50 ta davlatdan tashrif buyurishadi — bu Jahon chempionatlari tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

O‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin jahon birinchiligida ishlash uchun taklif olishdi.

Taklif etilgan eng mashhur hakamlar qatorida Ishtvan Kovach, Fransua LeteksYE, Danni Makkeli, Shimon Marchinyak, Maykl Oliver, Entoni Teylor, Kleman Tyurpen, Feliks Svayer, Slavko Vinchich va Maurisio Mariani kabilarni ko‘rish mumkin. To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.

Ўхшаш янгиликлар