
"The Times" nashrining xabar berishicha, Birmingem klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish xavfi ostida, bu ularni yulduz futbolchisi Morgan Rojersni sotishni ko'rib chiqishga majbur qilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumning birinchi yarmini ajoyib o'tkazganiga qaramay, moliyaviy holat qiyin qarorni qabul qilishga undaydi. Klub rahbariyati uchun 23 yoshli hujumkor yarim himoyachini sotish byudjetni muvozanatga keltirish va jiddiy sankciyalardan qochishning eng oson yo'li bo'ladi.
Angliya grandlari o'rtasidagi poyga boshlandi: "Manchester Yunayted" va "Arsenal" say-harakatlarni kuchaytirdi. Xabarlarga ko'ra, "Aston Villa" Rojers uchun kamida 80 million funt narx belgilagan.
Shuni takidlash kerakki, bu mavsumda ingliz futbolchisi Birmingem klubi tarkibida 44 o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.