"Arsenal" Arteta bo'yicha yakuniy qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 15:16
  • 504
  • 30

"Arsenal" rahbariyati Mikel Artetaning klubdagi kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qildi.

BBC xabariga ko'ra, londonliklar bosh murabbiy bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi.

"Kanonirlar" Artetaning professionalligini qadrlayd.i va ispaniyalik mutaxassisning hozirgidan ko'proq maosh olishiga imkon beradigan yangi shartnomani qabul qilishiga umid bildiradi.

Muzokaralar qiyin kechadi, ammo manbalarning takidlashicha, klub rahbariyati ispaniyalik murabbiyning yangi shartnomasini Jahon chempionatidan oldin rasman e'lon qilishdan umidvor.

Arteta London klubini 2019 yilda Pep Gvardiolaning yordamchisi lavozimidan ketganidan so'ng qabul qilib olgandi.

Ispaniyalik mutaxassis "to'pchilar" bilan 341 o'yin o'tkazib, 211 ta g'alaba, 58 ta durang va 72 ta mag'lubiyat qayd etdi. Uning "kanonirlar" bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар