Mutaxassislar Messi va Ronalduning "Oltin to‘p"ga bo‘lgan imkoniyatlarini baholadilar: portugaliyalik futbolchi reytingga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 13:44
  • 40
  • 30

Mashhur Goal portali tahlilchilari oradan 20 kun o‘tib, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga asosiy favoritlar reytingini yangiladi. An’anaga ko‘ra, reyting 20 nafar futbolchidan iborat.

Yangilanish natijalariga ko‘ra, Lionel Messi uch pog‘ona pastlab, 11-o‘rindan 14-o‘ringa tushdi. Shunga mos ravishda, argentinalik yulduzning joriy yilda faoliyatidagi to‘qqizinchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari ancha past baholanmoqda.

Avvalgi top-20likda bo‘lmagan Krishtianu Ronaldu esa bu safar reytingga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Muntazam ravishda gol urishda davom etayotgan 41 yoshli hujumchi 18-o‘rinni egallab turibdi.

Da’vogarlarning kuchli uchligidan esa, Xarri Keyn, Kilian Mbappe va Maykl Olise joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар