"Real" "Bavariya" futbolchisi uchun 165 mln evro to'lashga tayyor

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 13:32
  • 199
  • 30

"Qaymoqranglilar" yozda katta transferni amalga oshirmoqchi.

Kristian Falkning xabar berishicha, "Real" prezidenti Florentino Peresning qaroriga "Bavariya" vingerining Chempionlar Ligasidagi o'yini ta’sir ko'rsatgan.

"Real" 24 yoshli futbolchi uchun 160 mln evrodan 165 mln evrogacha bo'lgan taklif bilan chiqmoqchi. Biroq myunxenliklar o'zining yetakchilaridan biri bilan xayrlashish niyatida emas va futbolchi bilan yangi shartnomani muhokama qilish istagida.

Olise ushbu mavsum barcha musobaqalarda 41 o'yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар