Xaver Tebas La Liga o'yinlarini Afrikada o'tkazmoqchi

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 13:08
  • 474
  • 30

La Liga prezidenti Xaver Tebas bahsli g'oya - Ispaniya chempionati rasmiy o'yinlarini Marokashda o'tkazishni qo'llab quvvatladi.

MAP ma'lumotlariga qaraganda, liga rahbari bu harakatda Ispaniya futbolining global brendini kengaytirish va Shimoliy Afrika mintaqasi bilan aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatni ko'rmoqda.

Yaqinda futbol infratuzilmasiga faol sarmoya kiritayotgan va 2030 yilgi Jahon chempionatini Ispaniya bilan birgalikda o'tkazishga tayyorgarlik ko'rayotgan Marokash bunday tajribalar uchun ideal joy sifatida ko'rilmoqda.

Tebasning tashabbusi La Ligani Pireney yarim orolidan tashqariga chiqarish bo'yicha strategiyaga juda mos keladi. Liga prezidenti ilgari o'yinlarni AQSHda tashkil qilishga urinib ko'rgan, bu esa muxlislarning qattiq qarshiligiga sabab bo'lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар