
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bahsni yaxshi boshladik. "Neftchi" ham kuchli jamoa va oxirigacha kurash olib bordi. Endi bunday o'yinlarda bitta gol masalani hal qilib qo'yishi mumkin. Bugun shunday bo'ldi. Birinchi bo'limda gol urib olgach, ikkinchi taymda hisobni saqlab qolish uchun himoyaviy harakat qilishga to'g'ri keldi. Bugun hamma o'z darajasida o'ynadi, yigitlarga rahmat.
- Bugun "Neftchi" jamoasiga gol urish uchun nima yetishmadi deb o'ylaysiz? "Neftchi"ning o'yini chiqmadimi yoki "Paxtakor" yaxshi tayyorgarlik ko'rib kelganmidi?
- Raqibga nima yetishmaganini bilmayman, buni ulardan so'rash kerak. O'z o'yinimizga keladigan bo'lsak, himoyada yaxshi o'ynadik. Bazi vaziyatlarda butun jamoa bo'lib himoyalandik va gol o'tkazmaslik uchun hamma intildi.

- Uchrashuvda ko'rdikki, "Paxtakor" futbolchilarida jarohat olish yoki yotib olish ko'proq kuzatildi. Bu terma jamoadan keyin charchoq bilan bog'liqmi yoki taktikami shuni tushunmadik.
- Bizda bunaqa taktika yo'q. To'qnashuv sabab futbolchilar maydonda yotishdi. Bu holat ko'p kuzatilmadi. Avvalgi bahsda toliqish sezilgandi, lekin bugun bilinmadi.
- Uchrashuv boshida hujum qilib gol urib olish va keyin himoyaga o'tish rejasi o'yindan oldin bormidi?
- Bunday reja tuzmagandik. Aytib o'tganimdek, kim birinchi gol ursa yutadigan o'yin bo'ldi. Bizning omadimiz kelib to'p kiritdik va g'alaba qozondik. Bahs borishidan kelib chiqqan holda himoyalandik.