"Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi bir qancha faktlar

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 22:00
  • 471
  • 30

Bugun Supeliganing 6-turi doirasidagi "Neftchi" - "Paxtakor" bahsi o'tkazildi.

Unda "sherlar" 1:0 hisobida g'alabaga erishib, o'zaro o'yinlarga ko'ra turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi.

Ushbu bahsdan keyingi bir qancha ma'lumotlarni keltirib o'tamiz:

- "Paxtakor" ketma-ket uchinchi mavsum "Neftchi" maydonida g'alabaga erishdi.

- Ushbu uch uchrashuvda "Neftchi" gol ham urmadi, 0:2, 0:4, 0:1.

- "Neftchi" maydonida o'tgan so'nggi 7 o'yinda mezbonlar faqatgina bir marta g'alaba qozongan - 2023 yilda 2:1.

- "Neftchi" "Paxtakor" bilan so'nggi 10 o'zaro o'yinda 4ta gol urdi.

- Ushbu mag'lubiyat "Neftchi" uchun mavsumdagi birinchisi bo'ldi. Jamoa ilk marta mavsumda gol ura olmadi.

- "Paxtakor" "Neftchi" uchun noqulay raqib hisoblanadi. Jamoalarning o'zaro o'yinlardagi g'alabalari orasidagi farq 10taga etdi: 22-32.

Ўхшаш янгиликлар