
"Umuman olganda, o'yinga qarasak, hisob 0:2 bo'lib qolgani uchun bizga omad kuldi, deyish mumkin. Birinchi gol bizga qattiq ta’sir qildi. Umuman olganda, biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Enfild"da yana bir o'yinimiz bor va biz uy stadionimiz qanday rol o'ynashini yaxshi bilamiz.
"Liverpul" etarlicha vaziyat yaratdimi? Ham ha, ham yo'q. Ha - chunki biz ancha ko'proq vaziyat yaratishni istaymiz. Yo'q - chunki bizda haqiqiy imkoniyatlar oz edi. Biz ularni yuqori pressing bilan ko'p martalab qarshi olmoqchi bo'ldik, lekin ular birma-bir kurashlarda g'olib chiqishdi. Ikkinchi bo'limda ham xuddi shunday bo'ldi", - dedi Slot.
"Liverpul" va PSJ o'rtasidagi javob o'yini 14 aprelda "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.