Gabriel Martinelli: "Dyokeresh bizga "Sporting" haqida ko'p narsalarni gapirib bergandi"

  • Mr.NoBoDy 08.04.2026 13:56
  • 407
  • 30

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Martinelli YCHL 1/4 finali dastlabki uchrashuvida Lissabonning "Sporting" jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, o'yindagi yagona gol 90+1-daqiqada Kay Xaverc tomonidan kiritildi.

"Biz "Sporting" qanchalik kuchli jamoa ekanligini bilardik. Oxirgi hafta davomida bu haqda Viktor [Dyokeresh] bilan ko'p suhbatlashdik. U bizga sobiq jamoasi haqida ko'p ma'lumotlar berdi. Bundan tashqari, raqib ishtirokidagi ko'plab videoroliklarni tahlil qildik.

Lissabonga kelib, gol o'tkazib yubormasdan g'alaba bilan qaytish juda qiyin vazifa, ammo biz bunga loyiq edik. Juda xursandman, lekin bu hali birinchi o'yin. Javob bahsiga ham xuddi shunday kayfiyatda yondashamiz", - deya Martinellining so'zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Ma'lumot uchun, "Arsenal" va "Sporting" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Londondagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi. Mikel Arteta shogirdlari o'z uylarida yarim final yo'llanmasini hal qilishga harakat qilishadi.

Ўхшаш янгиликлар