
"Biz Madridga kelib, kerakli natijaga erishish doim qiyinligini bilardik. Ko'p vaziyatlarda juda yaxshi o'ynadik va hatto bundan ham yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi. Balki so'nggi uzatma yoki yakuniy zarbada biroz aniqlik yetishmagandir, vaholanki bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Biroq "Real"ga ham tan berish kerak.
Hozirda biz yaxshi holatdamiz, ammo ustunligimiz bor-yo'g'i bitta to'pni tashkil etadi, hamma narsa tezda o'zgarib kyetishi mumkin. Diqqatni jamlashimiz shart. Shanba kuni bizni Bundesliga doirasida "Sankt-Pauli"ga qarshi muhim safar o'yini kutmoqda, shuning uchun hozir asosiysi - tiklanish va bor e'tiborni o'sha bahsga qaratish. Keyingi hafta esa yana shunday o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", - dedi Keyn UEFA rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Real" o'rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni Myunxendagi "Arena Myunxen" stadionida bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda Keyn o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan edi.