Vensan Kompani Noyerni tarixdagi eng yaxshi darvozabon deb atashga shoshilmayapti

  • Mr.NoBoDy 08.04.2026 12:24
  • 771
  • 30

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa posboni Manuel Noyerning tarixdagi o'rni haqida berilgan savolga javob berdi.

"Tarixdagi eng yaxshi darvozabon haqida gap ketganda, har kimning o'z tanlovi bo'lishi mumkin. Ammo Manu - juda uzoq vaqt davomida yuqori saviyani ushlab tura olgan kam sonli o'yinchilardan biri. Uning yoshida bunday o'yin ko'rsatish o'ta qiyin vazifa.

U 30 yosh bo'lganida ishlash qanday bo'lganini bilmayman, lekin hozir ham undagi mahorat menda katta taassurot qoldirmoqda. Bunday darajadagi va bunday muhim uchrashuvlarda bizga aynan mana shunday o'ziga xos mahorat sohiblari kerak", - deya Kompanining so'zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, 40 yoshli Manuel Noyer 2011 yildan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan va hamon jamoaning asosiy darvozaboni bo'lib qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар