Italiya futbolchilar uyushmasi A Seriyada legionerlarga cheklov qo'yish g'oyasini qo'llab-quvvatlamoqda

  • Mr.NoBoDy 06.04.2026 11:40
  • 187
  • 30

Italiya terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani A Seriyada xorijlik futbolchilarga cheklov qo'yish haqida munozaralarga sabab bo'ldi.

Italiya futbolchilar uyushmasi buni mamlakat futboli uchun to'g'ri qadam deb hisoblaydi.

Tashkilot prezidenti Umberto Kalkano bu qarorni faqat siyosiy tomonlama qabul qilish mumkinligini aytdi, chunki federatsiyaning o'zida bunday vakolat yo'q:

"Federatsiya italiyaliklarning ishtirokini talab qilish uchun hech qanday qonuniy hujjatlarga ega emas. Biz siyosiy mexanizmlar orqali masalani tartibga solish mumkinligiga umid qilamiz. Biroq tushunish muhim: bu xorijliklarga qarshi urush emas.

Bu juda muhim farq. Gap xorijlik o'yinchilar Italiya futboliga zarar etkazishida emas, balki italiyaliklarga klub darajasida haqiqiy imkoniyatlarning yo'qligi milliy terma jamoaning rivojlanish tizimiga bevosita putur etkazishida.

Ko'ngilsizlikni ijobiy tomonga o'zgartirsa bo'ladi. Hozir dasturlarni aniqlash, ular bo'yicha kelishuvga erishish va keyin ularni boshqaradigan shaxsni tanlash muhim", – dedi u.

Ўхшаш янгиликлар