
"Qovurg'asida ikkita sinish bor deyishdi. Biroz vaqt kerak bo'ladi. Futbolda jarohatlar odatiy hol. Vahimali joyi yo'q. Barcha futbolchilarimiz tez orada safga qaytishadi degan umiddaman", - deb fikr bildirgan murabbiy.
Eslatib o'tamiz, O'rinboev "Mashal"ga qarshi uchrashuvda darvoza bilan to'qnashib ketgandi va shundan so'ng futbolchi tezda shifoxonaga olib borilgandi.
Futbolchi joriy mavsum Superligada 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor.