Laporta: “Bu yil "Barselona" yili bo'lishi kerak”

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 13:48
  • 30
  • 30

"Barselona" prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklar 2026/27 yilgi mavsumda muvaffaqiyat qozona olishiga ishonch bildirdi.

“Bu yil "Barselona" yili bo'lishi kerak. Buni murabbiy, uning shtabi, fizioterapevtlar ham tushunib turibdi. Ammo eng muhimi, buni jamoa, futbolchilarning o'zi anglab etgan.

Biz har yili tarkibni kuchaytirib bordik. Ushbu mavsumda safimizga raqobatni oshirgan futbolchilar qaytishdi. Bizda ikki yoki uchta poziciyada o'ynay oladigan o'yinchilar bor. Hozir bor e'tiborimizni o'z maqsadlarimizga qaratganmiz”, – deya Laportaning so'zlaridan iqtibos keltirdi “Mundo Deportivo”.

Eslatib o'tamiz, Laporta ilk bor 2003 yilda "Barselona" rahbari etib saylangan va 2010 yilgacha klubni boshqargan. 2021 yilning martida esa u yana prezidentlik postiga qaytdi. Uning boshqaruvi davrida kataloniyaliklar etti marta Ispaniya chempioni bo'lishgan va ikki bor Chempionlar Ligasida g'olib chiqishgan.

Ўхшаш янгиликлар