"Biz ushbu g'alabaga haqli edik". Flik - "Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi o'yin natijasi haqida

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 10:16
  • 43
  • 30

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga 13-turi doirasida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alabani izohladi.

Birinchi bo'limdan so'ng kataloniyaliklar 0:2 hisobida ortda qolayotgan edi, biroq o'yin "ko'k-anorranglilar"ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"G'alabadan juda xursandman, ayniqsa raqib hisobda oldinga chiqib olganidan keyin - birinchi gol yaqqol xatomiz oqibatida kiritildi. Birinchi bo'limdayoq darvozani ishg'ol qilish uchun vaziyatlarimiz bo'lgandi, ikkinchi taymda esa ancha yaxshi o'ynadik va tartibliroq harakat qildik. O'ylaymanki, biz ushbu g'alabaga haqli edik.

To'rtinchi hakam butun o'yin davomida zaxira o'rindig'imiz tomon qarab turganini bilaman. Men maydondagi hakamlarga yordam berishga harakat qilaman. Umuman olganda, hakamlarning ishidan mamnunman, biroq ushbu hakam bilan bizda doim bir xil muammolar yuzaga keladi - hammasi odatdagidek. Agar shunday davom etsa, g'alaba qozonish uchun bizga faqat yaxshiroq o'ynash qoladi. Ikkinchi bo'limda xuddi shunday qildik", - deydi Flikning so'zlarini Marca nashri.

Ўхшаш янгиликлар