"Liverpul" APL tarixida avval atigi ikki jamoa qayd etilgan natijani takrorladi

  • Mr.NoBoDy 23.11.2026 10:48
  • 52
  • 30

"Liverpul" 11-turda "Manchester Yunayted"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi va shu orqali Angliya futbolida avval faqat ikki klubga nasb etgan natijani takrorladi.

Squawka statistika portali xabariga ko'ra, "Liverpul" Premer-ligada 700 dan ortiq g'alabaga erishgan uchinchi jamoaga aylandi - "Manchester Yunayted" va "Arsenal"dan keyin.

Ushbu o'yindan so'ng 21 ochkoga ega "Liverpul" APL turnir jadvalida to'rtinchi pog'onada bormoqda, sakkiz ochko jamg'argan "Manchester Yunayted" esa 19-o'rinda joylashgan. Navbatdagi turda mersisaydliklar "Everton" bilan to'qnash keladi (29 noyabr), "qizil iblislar" esa "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi (28 noyabr).

Ўхшаш янгиликлар