
Xabi Alonsoning beqaror holati fonida londonliklarning qiziqishi kuchaymoqda, "Arsenal" esa uzoq muddatli qiziqishni saqlab qolgan bo'lsa-da, hozircha faol harakat qilishga tayyor emas, deya xabar bermoqda “Football Insider”.
Manbaning xabar berishicha, "Chelsi" va "Arsenal" Fabregasni uzoq muddatli istiqbolda bosh murabbiylik lavozimiga ehtimoliy nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. 39 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Komo" bilan A Seriyada ajoyib taassurot qoldirmoqda va allaqachon Chempionlar Ligasi tajribasiga ham ega bo'ldi, bu esa uni Yevropaning eng xaridorgir yosh murabbiylaridan biriga aylantiryapti.
"Chelsi" avval ham Alonsoni tanlashdan oldin Fabregasni Liam Rosenor o'rniga nomzod sifatida ko'rib chiqqandi. Endi vaziyat o'zgardi: "Lids"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:4) so'ng Alonsoga nisbatan bosim kuchaydi va muxlislarning bir qismi uning qarorlarini shubha ostiga olmoqda. Garchi klub murabbiyni omma oldida qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa-da, beqaror natijalar Fabregasga bo'lgan qiziqishni yanada dolzarblashtirmoqda.
"Arsenal" o'zining sobiq yarim himoyachisiga qiziqishni saqlab qolmoqda, biroq hozircha harakat qilishga tayyor emas: Mikel Arteta yaqinda yangi shartnoma imzoladi. "Barselona" ham Fabregasga befarq bo'lmagan klublar qatoriga kiradi va bu mutaxassis uchun kurashni tezlashtirishi mumkin.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Fabregasning "Komo" bilan shartnomasida unga kichik tovon puli evaziga "Chelsi", "Arsenal" yoki "Barselona"ga o'tish imkonini beruvchi band mavjud. Uning Italiya klubi bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.