Kanada terma jamoasi italiyalik muxlislarga o‘z liboslarini almashtirishni taklif qilmoqda

  • Mr.NoBoDy 04.04.2026 08:11
  • 323
  • 30

Kanada terma jamoasi JCH-2026 oldidan Italiya terma jamoasi muxlislariga o‘z liboslarini Kanada terma jamoasi liboslariga almashtirishni taklif qildi.

«Aziz italiyalik futbol ishqibozlari! Yana to‘rt yil kutmang. Libosingizni Kanadanikiga almashtiring. Aksiya ertaga, 2026 yil 4 aprel kuni «Diplomatiko» kafesi oldida soat 10:00 dan 14:00 gacha bo‘lib o‘tadi!» — deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.

Shu haftada Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralashining o‘tish o‘yinida Bosniya va Gersegovinaga mag‘lub bo‘ldi (1:1, penaltilar bo‘yicha — 1:4). Eslatib o‘tamiz, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilda jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etishgan edi.

Ўхшаш янгиликлар