Liga 1 jamoasi futbolchisi bir vaqtning o'zida ikki terma jamoaga chaqirildi

  • Mr.NoBoDy 20.03.2026 22:32
  • 229
  • 30

Mart oyidagi xalqaro o'yinlar oynasi yaqinlashmoqda.

Federaciyalar allaqachon tarkiblarini elon qildi va ulardan bazilarida Franciya klubida to'p tepayotgan bir futbolchi bilan bog'liq qiziq holat yuzaga keldi.

Gap "Oser" futbolchisi Marvin Senaya haqida ketmoqda. U bir vaqtning o'zida ikki terma jamoadan — Togo va Ganadan chaqiruv olgan. Bu qanday sodir bo'ldi? 25 yoshli futbolchining o'zi bir vaqtning o'zida ikki davlat pasportiga ega, shuning uchun federaciyalar o'rtasida aloqa yo'qligi ko'rinib turibdi. 

Togo terma jamoasi bosh murabbiyi Patris Neve Senayadan aynan o'z jamoasiga qo'shilish bo'yicha vada olganini aytdi. Biroq vaziyat qanday yakun topishi tez orada malum bo'ladi, chunki futbolchining o'zi ham Gana terma jamoasidan chaqiruv olganidan mamnunligini bildirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar